Assalomu alaykum qadrli otajon va mehribon onajonim! Sizlarga oz minnatdorchiligimni va kattadan katta rahmatimni aytmoqchiman! Sizlar meni dunyoga keltirdingizlar, yaxshi tarbiya berib ulgaytirdingiz va mana endi oqityapsizlar, sizlardan judayam minnatdorman! Sizlarga qancha hurmat va ehtirom aylasam ham kamlik qiladi! Agarda sizlar qollab quvvatlamaganingizda men bu darajagacha yetmagan bolar edim! Ollohga shukur hech kimdan kam qilmasdan ostirib ulgaytirdingizlar va sizlar tufayli odamlar orasida oz ornimni topdim deb fahrlanib aytishim mumkin! Bu dunyoda qanchadan qancha ota- onalar bor, lekin oylaymanki, hech bir ota-ona sizlarday bololmaydi. Eslaysizmi onajon bolalik davrimda dostlarim chaqirib kelishar edi, siz bilan uyda otirmasdan, dostlarim bilan oynashga kochaga chiqib ketar edim. Endi bildimki, shu dostlarimning barchasi jam bolsa xam sizday bola olmaydilar. Inson uyidan, oilasidan, yurtidan uzoqda bolsa ularni qadriga yetar ekan. Aytishadiku oldingdan oqqan suvni qadri yoq deb. Men ham ulgayib kop narsani tushunib yetdim. Men ham barcha qatori oldimga kopgina maqsadlar rejalashtirib qoyganman. Bilasizmi shulardan meni birinchi orzuyim sizlarni muborak xaj safariga jonatish. Kelajakda xudo xohlasa men sizlar orzu qilgandek farzand bolib yetishga va qolimdan kelgan bacha imkoniyatimdan foydalanishga harakat qilaman. Men sizlar bilan fahrlanaman. Sizlar 3 ta farzandni voyaga yetkazdingiz. Mana osha daraxtni mevalari pishib endi ularni rohatini koradigan vaqti keldi. Men ham akamni izidan borib adashmadim, chunki akam ham menga bor mehrini va qolidan kelgan barcha narsalarni orgatdi. Men sizlardan uzoqdaligimda akajonim sizlarni yoqliginggizni bildirmay meni tarbiyamga va oqishimga alohida etiborda boldi. Akam meni urishib bergan paytlarda men akamni yomon korardim, lekin ulgayib shuni tushundimki u bejizga menga urushmas ekan, meni foydamni kozlab, kelajakda xato qilmasligim uchun jonini kuydirar ekan, men buni endi tushunib yetdim. Men kichik farzand ekanligimdan juda baxtliman chunki akam va opamdan oldin farzand yoqligi sababli ular oz yolini ozlari topishdi, sizlarni yordaminggiz bilan, albatta. Akam va opam yolida uchragan tosiqlarni qanday olib tashlash kerakligini menga tushuntirishadi, yani ular duch kelgan muammolarga men duch kelmasligim uchun oz maslahatlarini beradilar, hayotda unday bolma bunday odam bol, u ishni qilma bu ishni qil deb oz maslahatlarini berishadi. Men oilamiz bilan juda fahrlanaman va sizlardan juda juda minnatdorman. Men bir narsani juda kop oylayman agar siz meni yoshligimda tarbiyamga etibor bermasanggiz, men kim bilsin qanday bola bolar edim. Men ham balki kocha bolalariga oxshab bezorilik qilib yurgan bolarmidim. Xudoga shukur oqishga kirdim xudo xohlasa Respublika Prakuraturasiga ham kirishni oldimga maqsad qilib qoyganman. Men maqsadlarimga albatta erishaman chunki meni shunday mehribon oilam bor. Shu oilam menga dalda boladi va men kelajakda albatta hamma maqsadimga erishib jamiyatga, yurtimga foydasi tegadigan yetuk mutaxasis bolib yetishaman. Shunda sizlar ham men bilan fahrlanib yurasizlar bu mening oglim deb. Menga shundan ortiq baxtning keragi yoq. Sizlar xursand bolib duo qilib tursanggiz boldi.


Dunyoda tirik jon borki, xozirgi zamonda tabaqalanish mavjud bolib kelyapdi. Chunki men ozim shu narsalarga guvoh bolib kelyapman. Masalan hayotdan misol olaylik Tasavvur qiling siz ortahol oilani farzandisiz, qarangki kongilga buyruq berib bolmaydi deganlaridek siz bir boy oilani farzandini sevib qoldingiz. Usiz yasholmaydigan, bir kun kormasangiz yuragingiz gash boladigan, hayolingizdan chiqarolmaydigan boldingiz. Qarangki, bu xayotdagi shod hurramlik xarakter umuman teskariga aylanib ketdi. Oldingi shod hurramlik oldingi shoxliklar xammasi ozgaradi faqatgina oychan va faqat qayguli bolib qolasiz. Buni korgan ota onanggiz va yaqinlaringiz nima bolayotganini tushunmasdan sizni ortaga olib sorashadi, siz osha qizni sevib qolganingizni aytasiz shunda ota onangiz hursand boladi va ertasigayoq sovchilikka boradi qarangki ular boy oila, siz oddiy oiladansiz shunda qizni ota onasi yoq degan javobini beradi. Onanggiz kayfiyati tushgan holda uyga qaytadi bu gapni eshitasizu kayfiyatingiz tushib oylashni boshlaysiz nimaga menga qizini bermadi, nima meni aybim oddiy oiladan bolganimmi degan fikr miyasiga ornashib qoladi va yomon yollarga qadam qoyishni boshlaydi. Oson daromad keladigan yolni izlaydi. Qarabsizki gulday bolani hayoti faqat qora illatlardan iborat bolib qoladi. Albatta, bunaqa ishlarni oxiri yaxshilik bilan tugamagan va tugamaydi ham. Shu inson ham qanchadan qancha insonni xayotini zaxarlashini tasavvur xam qilolmaysiz. Xulosa qilib aytish mumkinki bitta qizni oilasi deb qancha begunoh insonlar xayoti buzilib ketyapdi. Men oylanib qolaman shu boylik kimga baxt berar ekan shunga xaligacha javob topolmadim. Bir qancha ota onalar oz qizini baxtini boylikda deb xisoblaydilar. Qizini boy oilaga berishni xohlaydilar, lekin ular bir narsani tushunishmaydi. Boylik odamni baxtli qilolmasligini anglamaganlar, ularga tagida mashinasi, dangillama uchastkada yashash va qimatbaho kiyimlarni kiyib xohlagan maishatini qilish baxt deb oylashadi. Lekin ular judayam katta xato qilishadi. Aslida baxtli qiladigan narsa boylik emas mehr muhabbat, bir biriga ishonch va hurmat xisoblanadi. Hurmatli ota onalar sizlar bir narsani tushunib yetinglar boylikni deb gulday qizinggizni baxtsiz qilmang. Shunday odamlar borki, oddiy oiladan bolsa ham ozini keyingi hayotini ozi belgilab onglab olishga intiladilar. Boylik bugun bolsa ertaga yoq oshani uchun hech bir inson boyligiga ishonmasligini maslahat berardim.

Hosted by uCoz